Новости

DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARI OLDIDA AXBOROT BERDI.

✅Joriy yilning 15-aprel kuni Oytamgʻali mahalla fuqarolari yig'inida joylashgan 1-son politexnikumi binosida xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputati Salayev Ilgʻor Savirxon ogʻli 2025-yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha saylovchilar oldida axborot berdi. 

✅Ushbu tadbirda 9-Oytamgʻali saylov okrugiga qarashli barcha mahalla yettiligi, mahalla faollari, tuman kengashi deputatlari ishtirok etishdi. 

⭐️Deputat qilingan murojaatlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berganidan so’ng, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ayrim muammolarga ham to’xtalib o’tdi.

Slide 1 of 4