Saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida murojaat qilgan, kasb-hunarga ega bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlarimiz uchun bugun katta imkoniyat yaratildi.
Bugun ular Oqqo‘rg‘on tumanidagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida tashkil etilgan "ZAMONAVIY PARDALAR" o‘quv kursni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarga ega bo‘lishdi
Sertifikatlar Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova tomonidan tantanali ravishda bitiruvchilarga topshirildi. Ushbu jarayonda deputat G.Umarova bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilar ekan, ularga o‘z ishini boshlash, uni kengaytirish va mijozlar ishonchini qozonish bo‘yicha muhim tavsiyalarni berdi.
“Bugun sizlar nafaqat bilim, balki kasb egasi sifatida yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yyapsiz. Har bir ishda sifat, sadoqat va halollik bo‘lsa – albatta muvaffaqiyat siz tomon bo‘ladi. Yaratayotgan har bir pardangiz – bu san’at asari bo‘lishi kerak”, – deya ta’kidladi G.Umarova.
Kelajak o‘z kasbini sevgan va unga sadoqat bilan yondashganlar qo‘lida
https://t.me/TV_Kengash