Новости

#Munosabat Tabiatga ehtiyotkor munosabat – yuksak madaniyat belgisi!

#Munosabat

Tabiatga ehtiyotkor munosabat – yuksak madaniyat belgisi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–16-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror — ekologik islohotlar jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. U mamlakatimizda fuqarolarning ekologik ongi, madaniyati va mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat sifatida, ushbu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va uni mamlakatimiz ekologik xavfsizligini ta’minlash, barqaror rivojlanish va “yashil” transformatsiya maqsadlarini amalga oshirishda muhim asosiy hujjat deb hisoblayman.

👉Batafsil (https://telegra.ph/Tabiatga-ehtiyotkor-munosabat--yuksak-madaniyat-belgisi-05-25)

Laylo Karimova,

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 2