Nurafshonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi
Bugun Nurafshon shahridagi 13 ta maktabda 576 nafar o‘quvchi maktabni bitirdi. 16 nafar bitiruvchi “Oltin medal”, 7 nafari esa “Kumush medal” bilan taqdirlandi. 15 nafari oliy ta’limga muddatidan oldin qabul qilindi.
57-maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda shaharning hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va bitiruvchilarga omad tiladi.
Tantanada shahardagi 13 ta maktabda tahsil olgan eng iqtidorli o‘quvchilar va fidokor o‘qituvchilar “Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot iqtidor, tashabbus va fidoyilikning e’tirofi sifatida yoshlarga ilhom, ustozlarga esa yuksak e’tibor ramziga aylandi.