Joriy yil 24 may kuni Xatirchi tumani 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida:
Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga «Eng faol ota», «Jonkuyar ona», «Mas’uliyatli ota-ona», «A’lochi o‘quvchi otasi», «Bilimli qiz onasi» kabi nominasiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berildi;
2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlandi;
Faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etildi