Новости

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-209 sonli Farmoniga asosan, tumandagi mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida, xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati D.Safarova, kotibiyat mudiri O'.Rajabov tumandagi "Guliston" mahallsida mahalla yettiligining faoliyatini o'rganib, nazorat tahlil-tadbirlarini olib bordi.