Bugun Uchquduq tumani MMTBga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8–9–10–11-sinf
o‘quvchilari ishtirokida muhim profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati, maktab direktori Allanova Gulbahor
Yeskabulovna ochib berdi.
Yig‘ilishda:
YPX bo‘limi boshlig‘i mayor Sattorov Akbar Azimovich
YPX xodimi Umarjonov Axror Umarjonovich
“Do‘stlik” MFY inspektori leytenant Bayrammetov Seytmurat Abdurahmon o‘g‘li
o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, o‘quvchilarga hayotiy muhim tavsiyalar berdilar.
Tadbirda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” arafasida hamda tadbir kunlari taqiqlangan harakatlar, amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘quvchilarga:
ota-onalarining avtomobillarini boshqarmaslik, ruxsatsiz sayohatlarga chiqmaslik bo‘yicha
qat’iy ogohlantirishlar berildi.