Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘ringa 2023-yil 24-sentyabr kuni o‘tkazilgan saylov natijasi to‘g‘risida.

2. Boyovut tumani hokimining 2023-yil 31-iyuldagi “Djuraev Olimjon Urazalievichni- Boyovut tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etish” to‘g‘risidagi hamda 2023-yil 20-sentabrdagi “Alashukurov Avazbek Xoliqulovichni-Boyovut tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi” qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida. 

4. Boyovut tumanida “Ochiq budjet” axborot portal orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i B.Usmonovning hisoboti to‘grisida.

5. Boyovut tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2023-2024-yil kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6. OʻzLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi “Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-257-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Boyovut tumani bo‘limi rahbari U.Urolovning hisoboti to‘g‘risida.

7. Boshqa masalalar

Slide 1 of 12