Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rovi”ga berilgan javob

 Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari bo‘yicha
“Deputatlik so‘rovi”ga berilgan javob
 

  

Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan 2-sektor bilan hamkorlikda
hududlarga o‘tkazilgan o‘rganishlar va ularda aniqlangan muammolar, ya’ni
Qorayantoq va O‘rta qishloq mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qiluvchi
fuqarolarni qiynayotgan oqava va ichimlik suvi tanqisligi va buning natijasida
olis hududlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilarning tirikchilik manbaiga
amaliy yordam berishlari uchun tuman Suvoqava bo‘limi boshlig‘i A.Teshaboyevga
tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova va F.Mirzayev tomonidan 12.07.2023-yil
kuni yuborilgan “Deputatlik so‘rov”iga korxona rahbari mas’uliyat bilan
yondashgan holda, muddatidan avval javob berilib, muammolar yechimi bo‘yicha
tavsiya va tushuncha bergan holda fuqarolarni bir necha yillardan buyon qiynab
kelayotgan muammoni hal qilish bo‘yicha nazoratga olib amaliy yordam berilishi
ta’kidlab o‘tilgan.
 

Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tumanda faoliyat olib borayotgan mana
shunday mas’uliyatli, xalq dardini tushunib, o‘zida his qilib, muammolarni
bartaraf etishda faollik ko‘rsatayotgan korxona-tashkilot rahbarlariga
middatdorchilik bildiramiz.
 

Hurmatli,
“Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ Farg‘ona tuman bo‘limi rahbari va jamoasiga olib
borayotgan ishlariga omad va zafarlar tilagan holda har bir murojaat bo‘yicha
hududga chiqqan va fuqarolar bilan ochiq muloqot qilgan holda faoliyat olib
borishlarini tilab qolamiz.
  

Slide 1 of 1