📢 OCHIQ BUDJET: G‘OLIB LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2026-yil 21-sentabr kuni Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining VII-23-111-3-44-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, “Ochiq budjet” doirasida g‘olib deb topilgan 8 ta tashabbusni amalga oshirish uchun mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.
📍 Istiqlol, Do‘stlik, Bunyodkor, Yangibog‘, Gulbuloq, Novqa, Baxmal QFY va Oyqor QFY hududlarida ichki yo‘llarni asfaltlash hamda piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalar hududlar infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l harakati uchun qulay sharoit yaratish hamda aholi uchun yanada obod muhitni shakllantirishga qaratilgan.
🤝 Fuqarolarning tashabbuslari va faol ishtiroki — hududlarni rivojlantirishning muhim omilidir.