35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI!

 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, 10-Birlashgan saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Teshaboyev Davron Islamovich 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda:

🔹 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov;
🔹 tuman hokimi o'rinbosari Sh.Nizamudinov;
🔹 "Mahalla yettiligi" a'zolari;
🔹 tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari;
🔹 "Chinmasjid" hamda "Dexqonobod" mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.

🗣 Yig‘ilishni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov ochib berdi.
U o‘z so‘zida:

✅ mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar;
✅ aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati;
✅ "Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim" tamoyili asosida vakillik organlari hamda ijro hokimiyatining hamkorlikdagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

📊 Shuningdek,
🔸 tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
🔸 aholi muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni;
🔸 Kengash qarorlari asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar;
🔸 "Og‘ir toifadagi mahallalar" hamda "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar"da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan ham ma'lumot berildi.

👤 Deputat Davron Teshaboyev axborotida quyidagilar o'z aksini topgan:

📌 tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijrosini taʼminlash;
📌 Mansabdor shaxslarning hisoboti va axborotlari eshitilganligi;
📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik soʻrovlari;
📌 fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar;
📌 ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
📌 yuborilgan deputatlik so‘rovlari;
📌 erishilgan natijalar;
📌 hamda kelgusidagi ustuvor rejalari haqida saylovchilarga batafsil ma'lumot berdi.

💬 Yig‘ilishning ikkinchi masalasi yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari Sh.Nizamudinov so‘zga chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🤝 Tadbir davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi hamda bildirilgan takliflar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 5