35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Bektemir tumanidagi "Abay" mahallasida Abay Qo‘nonboev byustini o‘rnatish masalasi joyida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov Bektemir tumanidagi "Abay" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla raisi, mahalla yettiligi vakillari hamda faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda hududni yanada obodonlashtirish, madaniy merosni asrash va fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi ijtimoiy infratuzilma, yoshlar ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi, madaniyat maskanlari faoliyati hamda mahalla aholisining dolzarb murojaatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, fuqarolarning tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash va ularni mahalliy Kengash deputatlik nazorati orqali hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Muloqotning asosiy mavzusi mahalla aholisining tashabbusi bilan buyuk qozoq shoiri, mutafakkiri va ma’rifatparvari Abay Qo‘nonboev byustini mahalla hududiga o‘rnatish masalasi bo‘ldi. Deputat Sergey Mironov mahalla raisi hamrohligida hududni atroflicha ko‘zdan kechirib, yodgorlikni joylashtirish uchun eng maqbul hududni o‘rgandi.

📚 Ta’kidlanganidek, Abay Qo‘nonboyevning hayoti va ijodi turkiy xalqlarning umumiy ma’naviy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Mahallada uning byusti o‘rnatilishi yosh avlodni millatlararo do‘stlik, ma’rifat va yuksak insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi, shuningdek, o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashi qayd etildi.

🔎 O‘rganish jarayonida hududni obodonlashtirish, xiyobon va yashil hududlarni rivojlantirish, madaniy maskanlar holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga oid takliflar ham muhokama qilindi. Mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlash, mutasaddi tashkilotlar bilan kelishuvlarni olib borish hamda tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi.

✅ Yakunda deputat Sergey Mironov fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini asrash va aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4