35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida kotibiyat faoliyati joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalarni yuqori saviyada tayyorlash va o‘tkazish, doimiy komissiyalar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlar, deputatlarning haftalik va oylik ish rejalari ijrosi hamda ularning monitoringini tashkil etish holati batafsil tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, doimiy komissiyalar, ekspert guruhlari hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish, sessiyalar kun tartibini sifatli shakllantirish, qaror loyihalarini puxta ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini samarali monitoring qilish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔺 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni belgilangan tartibda yuritish, eng muhim 162 ta qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish, deputatlar va biriktirilgan davlat organlari hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish va ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shu bilan birga, deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarining tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlash, doimiy komissiyalar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlarini muntazam tashkil etish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari samaradorligini oshirish, mahallalarda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari, sessiya va doimiy komissiya materiallarini tizimga o‘z vaqtida kiritish, qabul qilingan qarorlarni elektron shaklda rasmiylashtirish, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📁 Shuningdek, kotibiyatda hujjatlar nomenklaturasini yuritish, arxiv ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, deputatlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

📍 O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada ommalashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalliy Kengash faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6