Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
#kotibiyat mudiri ish rejasi va 24 ta tavsiya Do‘stlik mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Xo‘jamqulov tomonidan 17-Ayridevol saylov okrugi hududida joylashgan Do‘stlik mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, yoshlarning muammo va takliflari bilan ishlash holati hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bunday o‘rganishlar orqali mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2