Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
DEPUTATLAR MAHALLA RAISLARI VA HOKIM YORDAMCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDILAR

 DEPUTATLAR MAHALLA RAISLARI VA HOKIM YORDAMCHILARI BILAN UCHRASHUV
O‘TKAZDILAR.


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov va A.Isaxonov mahalla
raislari hamda hokim yordamchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


Uchrashuvda mahallalardagi mavjud muammolar, aholi murojaatlarini hal etish,
bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama
qilindi.


Shuningdek, infratuzilma — yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti
bilan bog‘liq masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha fikr almashildi.


Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati, yoshlar bandligi va ular bilan ishlash
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Yakunda mahalla tizimi samaradorligini oshirish va aholi bilan yaqin
hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
  

Slide 1 of 5