Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov tomonidan “Yangihayot” mahallasiga biriktirilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi J.Asranqulov tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi
bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida
”gi O‘RQ-415-son qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-son qarori asosida Ijtimoiy xodim 12 ta yo‘nalishda ish faoliyatini olib bormoqda.
“Yangihayot” mahallasida ijtimoiy yordamga muhtoj 71 nafar fuqarolar Ijtimoiy reestr ro‘yxatiga olingan bo‘lib, ularga turli darajadagi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, 22 nafar bolalar vasiylikka olingan bo‘lib, uyda ta’lim olayotgan 1 nafarga hamda 51 nafar nogironlarga xizmatlar ko‘rsatiladi. Tanlov asosida fuqarolar bilan suhbatlashtilganda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.  

Slide 1 of 1