Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat “G’azberon” MFYda yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishda tashkil etilgan ishlarni o’rgandi.
янв.21
Qumrabot mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash ishlari deputat e’tiborida.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev Ibn Sino MFYdagi otaliqqa olingan yoshlarning yashash sharoiti, oilaviy muhiti hamda ijtimoiy holatini bevosita uyiga borib o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xodim faoliyatini joyiga chiqib o’rgandi.
янв.21
Deputat bepul tarqatilayotgan dorilar holati bilan tanishdi.
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat va yoshlar maslahat guruhi a'zolari ishtirokida doimiy komissiya yig'ilishi bo'ldi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimi U.Barnoyev, M.Atoyeva, Sh.Musayeva 1-son maktabda o'tkazilgan so'ngi qo'ng'iroq tantanalarida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”larida Romitan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni samarali nazoratni amalga oshirish rejasi deputat nazoratida.
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

Zarbdor tumani Lalmikor mahallasidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ruhda tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Islomiddin Allayarov ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat bitiruvchi yoshlarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana bilan qutlab, ularga kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. O‘z so‘zida yoshlarni doimo izlanishda bo‘lish, zamonaviy bilimlarni egallash hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilarning sahna chiqishlari, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tilaklar va bitiruvchilarning hayajonli lahzalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 2