Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 17-“Abay” saylov okrugidan saylangan deputat M. Kamolova tomonidan “Abay” MFY ijtimoiy xodimining faoliyati o‘rganildi. 

📊 O‘rganish davomida quyidagi ma’lumotlar aniqlandi: 

🔹 Mahallada jami 13 ta oila kambag‘allik reestriga kiritilgan. 

🔹 Ushbu 13 ta oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam mablag‘lari ajratilgan. 

Mahallada jami 101 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Shundan:

▪️ I guruh nogironlari – 11 nafar


▪️ II guruh nogironlari – 80 nafar


▪️ III guruh nogironlari – 10 nafar
 

👤 Mahallada 5 nafar yakka-yolg‘iz shaxs mavjudligi ma’lum qilindi. 

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda manzilli yordamlarning holati yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.  

Slide 1 of 5