Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan Xosa mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.

#Deputat_sorovi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan Xosa mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.

Murojaatlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori asosida mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan simyog‘ochlarini o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlanmagani hamda bu holat aholi uchun elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holat yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari AJ rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilib, PQ-330-sonli qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish ishlarini to‘liq yakunlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborildi.

Mazkur masala bo‘yicha mas’ul tashkilotning javobi olingach, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3