Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
DEPUTAT SOʻROVI: “Ulanqul” mahallasidagi muammolar nazoratga olindi

DEPUTAT SOʻROVI: “Ulanqul” mahallasidagi muammolar nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shavkat Xidirov tomonidan tuman Kadastr agentligi bo‘limi boshlig‘iga rasmiy Deputat so‘rovi yuborildi.

​Muammoning mohiyati:
“Ulanqul” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan deputat nomiga jamoaviy murojaat kelib tushgan.

Unda qayd etilishicha, fuqaro U.Diyorov 2022-yilda o‘ziga tegishli bo‘lgan 10 sotix bo‘sh er maydoni bilan cheklanmasdan, qo‘shimcha yerlarni ham o‘zboshimchalik bilan egallab olgan.

Shu sababli, deputat tomonidan tuman kadastr bo‘limidan fuqaro U.Diyorovning yerga bo‘lgan huquqiy hujjatlarini qayta qonuniy tekshiruvdan o‘tkazish, egallab olingan yo‘lni avvalgi kengligiga qaytarish va ko‘milgan ariqni tiklash bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi so‘raldi.