Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Deputat tashabbusi bilan — fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim!

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Amrullo Yusupov tomonidan 2026-yil 12 may kuni Vobkent tumani elektr taʼminoti korxonasiga yoʻllangan 47-ds-284-26-sonli deputat soʻrovi asosida quyidagi muhim masalalarga ijobiy yechim topildi, xususan soʻrovda bildirilgan “Koʻlxatib” MFY hududidagi 3 ta Koʻlxtib, Sarikor va Baxshiyon qishloqlari fuqarolari tomonidan hozirgi kunda maʼnan eskirgan transformator punktlari sababli uy-roʻzgʻor texnikalari bilan ishlashda hamda mavsumiy yuklanishlar jarayonida joylarda avariyalar yuz berayotganligini inobatga olib, hududdalarda 100 kvli yangi transformator punktlari oʻrnatib berish” borasidagi muammo oʻrganilib, korxona tomonidan “Koʻlxatib” MFY hududidagi 3 ta Koʻlxtib, Sarikor va Baxshiyon qishloqlariga yangi transformator punktlari yangilandi hamda muammo ijobiy hal qilib berildi.

Slide 1 of 7