Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Ijtimoiy yordamlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati G.Raxmatova tomonidan kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonuni (2016-yil 26-dekabr) asosida olib borildi.

O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, xayriya tadbirlari hamda fuqarolarning holidan xabar olish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Jumladan:

keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash
ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish
ijtimoiy xizmatlar sifati
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Mazkur ezgu ishlar jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik muhitini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3