Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Shahar Kengashining sessiya bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 7-chaqiriq navbatdagi 30-sessiyasi 2026-yil 23-may kuni bo‘lib o‘tdi. Sessiya
yigilishida Kengashga saylangan 25 nafar deputatdan 25 nafari ishtirok etdi. Sessiyaga Kengash raisi J.Dushabayev raislik qildi. Sessiyada shahar hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok
etdilar. Sessiya kun tartibida muhim masalalar ko‘rib chiqildi, ya’ni Bekobod shahrini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan harakatlar rejasi to‘g‘risida, “Olmazor tajribasi” asosida Bekobod shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-son qaroriga asosan Bekobod shahri byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda undan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risidagi
masalalar. Sessiya davomida mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar xulosalari eshitildi va barcha qarorlar deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Sessiya reglament asosida tartib-intizomga rioya qilingan holda o‘tkazildi.  

Slide 1 of 5