Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov Istiqlol MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev tumanda eksportbop uzumchilik va intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida muhokama qilingan masala joyida borib o’rganildi.
янв.21
Aholini tomorqadan samarali foydalanishi deputat e’tiborida.
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokamasi deputat ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Parklar holati deputat e’tiborida
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat umumta’lim maktablarda yoshlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KUTUBXONA HOLATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Turayev tomonidan 116-ds-487-26-sonli deputat so‘rovi Pastdarg‘om tumani hokimi o‘rinbosari S.Hamrayevga yuborildi.
Mazkur deputat so‘rovi M. Ulug‘bek MFY “yettilik” a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida aniqlangan masalalar asosida shakllantirilgan bo‘lib, mahalla hududida joylashgan kutubxona holatini o‘rganish natijalariga tayanadi.
O‘rganish jarayonida kutubxonaning stol va stul kabi zarur mebel jihozlariga hamda kitob fondini boyitishga ehtiyoji mavjudligi aniqlangan.
Shu asosda deputat so‘rovida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish so‘ralgan:
— M. Ulug‘bek MFY kutubxonasini zarur mebel jihozlari (stol, stul) bilan ta’minlash;
— Kutubxona fondini yangi kitoblar bilan boyitish choralarini ko‘rish.
Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 1