Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
#tavsiyalar_asosida_obodonlashtirish
#tavsiyalar_asosida_obodonlashtirish

Arabxona mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati hamda aholiga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ko‘chalar tozaligi, yashil hududlarni saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, ichki yo‘llarning holati hamda umumiy foydalanishdagi hojatxonalarning sanitariya talablariga mosligi ko‘zdan kechirildi. Ayrim hududlarda obodonlashtirish ishlari samarali tashkil etilgani qayd etilgan bo‘lsa, ba’zi manzillarda qo‘shimcha ta’mirlash va tozalash ishlarini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar tomonidan umumiy hojatxonalarda tozalikni doimiy nazorat qilish, ichimlik suvi ta’minoti va dezinfeksiya ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla faollari va aholi bilan muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish bo‘yicha fikr va takliflar tinglandi.

Ta’kidlanganidek, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5