Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Kotib

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining o‘rinbosari, boshqaruv servis kompaniyasi vakili, uy boshilari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. 

Axborotda Ravshan Umarov o‘tgan chorak davomida saylovchilar qilgan murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovlari hamda ijrosi haqida batafsil tushuntirib, kelgusida ham muammolar yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fuqarolar bilan mahalladagi bolalarning xulq-atvori, xatti-harakatlari doimo qo‘ni qo‘shnilar nazoratida bo‘lishi, bunda, ayniqsa, boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan oila boshliqlarining ko‘rsatmalari bilan ish tutish azaliy an’anaga aylangani yuzasidan suhbatlashildi. Suhbat davomida bildirilgan murojaat va takliflar inobatga olindi.

Tadbir yakunida deputat ishtirokchilarga mahallada yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ular orasida qonunbuzarlik va mayda bezoriliklarning oldini olish, milliy qadriyatlar asosida ish yuritish barchaning muhim vazifasi ekanligi xaqida qo‘shimcha tushuntirishlar berdi.

Slide 1 of 3