Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Oltiariq tuman Kengashi vakillari Mustaqillik MFYdagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandilar.

 Oltiariq tuman Kengashi vakillari Mustaqillik MFYdagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandilar. 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Yursunov va kotibiyat bosh mutahassisi A.Turg‘unovlar Mustaqillik MFYda infrotuzilmani yaxshilash yuzasidan ichki yo‘llarning xolatini o‘rgandilar. Xozirda Xaqiqat ko‘chasida 1350 m, Qoqir ko‘chasida 1700 m, Xorazm ko‘chasida 640 m, Ulug‘bek ko‘chasida 520 m, Ziyonur ko‘chasida 370 m, Qashqar ko‘chasida 320 metr uzunlikdagi ichki yo‘llar shag‘allashtirilgan. Mahalla yettiligi bilan bo‘lgan suhbatda mazkur ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish uchun mahalla faollari rozilik birdirganliklari ta’kidlandi. Tuman Kengashi deputati A. Yursunov
yettilik vakillariga "Tashabbusli byudjet jarayoni doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida" gi Nizom Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi KQ-280-V-sonli Qarori bilan tasdiqlanganligi to‘g‘risida so‘zlab, mazkur qarorning mazmun-mohiyatini yuzasidan huquqiy tushuncha berdi.
  

Slide 1 of 5