Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
#Doimiy komissiya yig‘ilishida ekologik masalalar ko‘rib chiqildi

          Tumаn Kengashining haftalik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan 2026 yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi. Yig‘ilishda ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, atmosfera havosini muhofaza qilish, sanitariya holatini yaxshilash hamda “Toza havo” tadbirlari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan sohadagi mavjud muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.   

Slide 1 of 5