Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Obod hudud va qulay yashash muhiti — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan o‘z saylov okrugi tarkibidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar va hududdagi dolzarb masalalar joyiga chiqib atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish, hududni tartibga keltirish hamda yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, oqava suv tarmoqlarining nosoz holati, sanitariya qoidalariga rioya etilishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda hududda tozalikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fuqarolar tomonidan qator murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi. Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

Ta’kidlanganidek, hududlarda aholi bilan bevosita ishlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur o‘rganish ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, ekologik holatni barqarorlashtirish hamda fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4