Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Oltinsoy tumanining "Bo‘ston” hamda "Chep"mahallasida olib borilgan o'rganishlar davomida infratuzilma loyihalarining bajarilish holati o'rganildi

Mazkur loyiha Oltinsoy tumani hududidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish Bayonining (29.10.2019 y., № 24643-xh) 37-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 17 km uzunlikdagi 110 kv kuchlanishga ega tarmoq va 2x25000 kVA quvvatli 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiya qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shundan so'ng, xalq deputatlari Oltinsoy tumanining 2026-yil 12-maydagi qarori asosida piyodalar yo'lakchasining qurilishi ko'zdan kechirildi. Ushbu amaliy ishlar deputatlarning sessiyada eng o'gir hududlar tanlab olib muhokamasi natijasida belgilab mablag' ajratilganligi ta'kidlandi.


Xabaringiz bor Oltinsoy tumanida tadbirkor deputat Jamshid Pardayev tashabbusi bilan
asfalt ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilgan edi.Zavodning bugungi kunda tuman infratuzilmasini yaxshilash, iqtisodiyotini rivojlantirish yo'lida xizmat qilib kelmoqda. Mazkur mahallada ham xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov tomonidan yuborilgan so'rov natijasida 0,65 km asfalt qoplamasi
yotqizish ishlari amalga oshirilganligi ko'zdan kechirildi.


Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilashga borasidagi ishlar deputatlar nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 7