Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.

#24_ta_masala
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida filial rahbari J.Abdullayev ishtirok etib, mazkur suv inshootining texnik holati va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 407-sonli qaroriga muvofiq Davlat dasturi asosida 2025-yilda qurib topshirilgan mazkur inshootga 5 kilovattli quyosh paneli o‘rnatilgani hamda barcha uskunalar texnik jihatdan soz holatda ekani qayd etildi. Hozirda ushbu suv inshooti orqali 230 ta xonadonga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

O‘rganish davomida aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berishni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3