Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
DEPUDAT SO‘ROVI NATIJA

DEPUDAT SO‘ROVI NATIJA BERDI: “NAVBAHOR” MAHALLASIDA YO‘L MUAMMOSI HAL ETILDI

✅ Xalq vakilining tashabbusi — amalda!

✅Hududlardagi infratuzilma holatini yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish deputatlarning doimiy e’tiborida. Xususan, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati K.Amanqulov tomonidan o‘z saylov okrugidagi muammolarni o‘rganish davomida muhim masala ko‘tarilgan edi.

✅“Navbahor” mahallasining “Bunyodkor yoshlari” ko‘chasidagi 2.2 km masofadagi yo‘llarning nosozligi aholining haqli e’tirozlariga va harakatlanishda qiyinchiliklarga sabab bo‘layotgan edi.

✅Deputat so‘rovi va sa’y-harakatlari natijasida mazkur masala ijobiy yechim topdi. Bugungi kunda:
“Bunyodkor yoshlari” ko‘chasining 2.2 km qismi to‘liq asfalt qilindi;

✅Yillar davomida kutilgan muammo bartaraf etilib, aholiga qulaylik yaratildi.

"Maqsadimiz — xalqning og‘irini yengil qilish va hududlar obodligini ta’minlashdir."

Slide 1 of 2