Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.

📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.

📌 Loyihaning aholi turmush farovonligini oshirish, zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Qurilish ishlari zamonaviy me’moriy talablar asosida olib borilishi, turar joylarda barcha zarur qulayliklar yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda obodonlashtirish, ichki yo‘llar, bolalar maydonchalari va yashil hududlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Amalga oshirilayotgan bunday loyihalar aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

✅ Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengash

Slide 1 of 4