Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
👨‍👩‍👧‍👦 15-may — Xalqaro oila kuni

#Xalqaro_oila_kuni #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

👨‍👩‍👧‍👦 15-may — Xalqaro oila kuni

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi nomidan aziz yurtdoshlarimizni Xalqaro oila kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

🏡 Oila — inson qalbiga mehr, tarbiya va sadoqat tuyg‘ularini singdiradigan muqaddas maskandir. Jamiyat taraqqiyoti, yurt tinchligi va farovon kelajak avvalo oiladagi ahillik, o‘zaro hurmat hamda mustahkam qadriyatlarga bog‘liqdir.

📝 Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar farovonligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tarbiyasi hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, baxtli va mustahkam oila — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir.

🌺 Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha xonadonlarga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, mehr-oqibat va baxt-saodat tilaymiz. Farzandlaringiz kamolini, oilalaringizga doimo quvonch va totuvlik yor bo‘lishini tilab qolamiz.

✨ Xonadonlaringizdan mehr va shukuh arimasin! Xalqaro oila kuni muborak bo‘lsin!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1