Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.  

Xususan, Urganch - Shovot yo‘lidan Yuksalish ko‘chasi 12-yo‘lakka kirish yo‘lida hamda Urganch - Shovot yo‘lidan Tadbirkorlar ko‘chasi 6-yo‘lakka kirish qismi yo‘lidan ko‘rinib turibdiki, yo‘lning qatnov qismida muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish maqsadida qazish ishlari olib borilgan. Ammo ishlar yakunlangach, ushbu joylar faqatgina shag‘al bilan to‘ldirilgan bo‘lib, asfalt qoplamasi qayta tiklanmagan.

Hozirda mazkur yo‘lakni asfalt qilish ishlari bo‘yicha Urganch shahar hokimininng o‘rinbosariga 103-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi. 

Slide 1 of 2