Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR YuZASIDAN TARG’IBOT IShLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Deputat “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovida faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xotira va qadirlash kuni arafasida qabristonlarni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini borishi deputatlar nazoratida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashda tomorqadan samarali foydalanish holati o’rganildi.
янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xotin-qizlar masalalari tuman deputati hamda "MADAD" NNT nazoratida ko’rib chiqildi.
Kengash_faoliyati

🏛DEPUTAT NAZORATI: MAQSAD – AHOLI FAROVONLIGI VA IJTIMOIY KO‘MAK

✅Deputat tuman Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-27-8-211-K/26-sonli qarori asosida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo'yicha xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati E.Jurayev hududda o'rganish ishlari olib bordi.

✅O'rganish davomida deputat "Navro‘z" MFYda yashovchi, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan, I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Ismoilova Zarifa Xushvaqovna xonadonida bo‘ldi.

✅Shuningdek, xonadonda olib borilayotgan ijtimoiy yordam ishlari, yashash sharoitlarini yaxshilash va devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor,deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi.

✅Ushbu sa’y-harakatlar nafaqat ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash, balki xonadonlarda energiya sarfini optimallashtirishga xizmat qiladi.

Shundan so'ng deputat tomonidan "Navro'z" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahala raisi tomonidan fuqarolarning muammolari qanchalik tezkorlik va sifat bilan o‘rganilayotgani, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarning amaliy yechimi o'rganildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektori faoliyati o'rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7