Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Qoratepa saylov okrugi deputati S.Jalilov tomonidan Mayda mahallasi Yettiquduq qishlog‘ida elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holat joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida hududdagi elektr simyog‘ochlarning texnik holati, ularning eskirganligi hamda ayrim joylarda xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermayotgani aniqlandi.
🔹 Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, simyog‘ochlarni yangilash va hududda elektr ta’minotini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborilishi ta’kidlab o‘tildi.