Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Narx-navo masalasi deputat nazoratida.
янв.21
KO’P QAVATLI UYLAR ATROFINI OBODONLAShTIRISh — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
BOLAJONLAR QUVONChI — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Deputat tomonidan tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati ko’zdan kechirildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat so‘rovi orqali ijobiy yechildi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zXDP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida xonadonbay o’rganish tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga 3 ta masala kiritildi.

Jumladan,

1. Tuman mahalliy byudjet ijrosi to‘g‘risida, tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarorining ijrosi yuzasidan joriy yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar haqida.

3. Muzrabot tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

4. Muzrabot tumani mahalliy budjetining 2026-yil I-chorak belgilangan daromadlar rejasidan ortirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, va “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarining 462-sonli qaroriga asosan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan taqsimlangan ayrim mahallalarning byudjet rejasiga o‘zgartirish kiritish haqida.

6. Tuman mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida.

Kun tartibidagi 1, 2, 3, 4, va 5 masalalar bo‘yicha tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.M.Xolniyozovning hisobotlari hamda 6-masala yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari A.Nurmamatovning hisobotlari dastlabki tarzda tinglandi.

Shundan so‘ng, har bir masala yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarga doimiy komissiya a’zolari tomonidan diqqat bilan e’tibor qaratilib, muhokama qilindi. Majlis yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha bo‘yicha doimiy komissiyasi tegishli qarori loyihasi tasdiqlandi va navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 6