Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR YuZASIDAN TARG’IBOT IShLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Deputat “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovida faol ishtirok etdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xotira va qadirlash kuni arafasida qabristonlarni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini borishi deputatlar nazoratida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashda tomorqadan samarali foydalanish holati o’rganildi.
янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xotin-qizlar masalalari tuman deputati hamda "MADAD" NNT nazoratida ko’rib chiqildi.
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar

Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar

 📇 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari uchun “Ko‘kcha Oqtepa” MFY binosida muhim va mazmunli seminar tashkil etildi. Unda tuman Kengashining "8-Ko'kcha-Oqtepa" okrugi deputati, mahalla raisi Sobitjon Imamov tomonidan “Mahallada yoshlarning o‘rni” mavzusida atroflicha ma’ruza qilindi.

 Seminar davomida mahalla tizimida yoshlarning faolligini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga keng jalb etish, tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari chuqur tahlil qilindi. Ayniqsa, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini takomillashtirish va ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar asosida yoshlar masalasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaymoqda. Bu esa joylarda, xususan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Seminarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etishda yoshlar yetakchilarining o‘rni alohida muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirda tuman deputatlari ham faol ishtirok etib, yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Ularning ta’kidlashicha, bugungi kunda yoshlar bilan ishlash — bu faqatgina targ‘ibot emas, balki aniq tizimli yondashuv, doimiy muloqot va amaliy yordamni talab etadi.

Yakuniy xulosalarga ko‘ra, bunday seminarlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni mahalla hayotining faol ishtirokchisiga aylantirish hamda kelajakda yetuk, mas’uliyatli kadrlar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4