Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda. 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi platformasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi dolzarb masalalarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining roli va ishtiroki muhim hisoblanadi. 

Shu munosabat bilan,Urganch shahridagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida yong‘in, elektr, sanitariya va umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi choraklik ma’lumotlarni taqdim etilishi so‘ralgan.

Hozirda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga 80-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.