Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

📨 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Oybek Joniqulov tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tumani Toza hudud DUK rahbari Ilxom Abduvaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

♻️So‘rovda ko‘tarilgan masala:

“Saxovat” mahalla fuqarolar yig‘ini Tinchlik ko‘chasida joylashgan Oqoltin tumani 3-sonli texnikumi ma’muriyati tomonidan chiqindilarning grafik asosida olib chiqib ketilmayotganligi, chiqindi tashlash uchun 1 dona quti mavjudligi, ushbu holat sanitariya qoidalarining buzilishiga olib kelayotganligi sababli qo‘shimcha chiqindi tashlash quti ajratish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar. 

Sizdan, “Saxovat” mahalla fuqarolar yig‘ini Tinchlik ko‘chasida joylashgan Oqoltin tumani 3-sonli texnikumiga qo‘shimcha chiqindi tashlash uchun quti ajratishingizni so‘raymiz.

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi. 

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati