35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi

Xalq deputatlari Muzrabot tumaniga 20-Qozoyoqli saylov okrugidan saylangan deputat Musayev Lazizjon Zafarovich tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev hamrohligida tumandagi “Alpomish” mahallasiga borib, mahalla raisi va faollar bilan suhbat o‘tkazdi.

Bundan maqsad, xalq deputatlari tuman Kengashining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yish hamda mahalladagi aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishdan iborat.

Suhbat jarayonidan hamkorlik natijasida mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tegishli tartibda choralarni ko‘rib borish vazifalari belgilab olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolariga doimiy uzviy aloqa bo‘lib turish, aholi tomonidan qilinayotgan har bir masalaga e’tiborli bo‘lgan holda, imkon qadar yechimini topish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 1