35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputatlik nazorati

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Irsov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🤝 Nazorat jarayonida mahalla “yettiligi” bilan uchrashuv tashkil etilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🏫 Shuningdek, 19-son umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida maktabdagi o‘quv jarayoni, infratuzilma holati hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

📋 Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Hududlarda olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari va ijtimoiy sohadagi muammolar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 4