Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Aholi huquqiy madaniyati - huquqiy ma’rifat bilan shakllanadi

🔹Tomonlar aholi uchun sayyor qabullar o‘tkazishda, jumladan, deputatlarning o‘z okruglarida saylovchilari bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etmoqdalar. Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish va aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

✅Mahalliy kengash deputati Muqimjon Dehqonov, Uchko‘prik tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Shukurjon Xolmatov hamda “Madad” NTT tuman bo‘limi mas’ul xodimi Ravshanjon Alijonov ishtiroklarida xalq deputatlari tuman Kengashining 3-Yoyilma saylov okugi-hududida joylashgan 15-umimiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari va aholi vakillari o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va huquqiy ma’rifat targ‘ibotiga bag‘ishlangan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅Bunday uchrashuvlardan asosiy maqsad aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish orqali jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, ochiq muloqotda fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javoblar hamda huquqiy maslahatlar berildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 1