Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Nurbuloq mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov hamda tuman hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.Sa’dinova bilan hamkorlikda tumandagi Nurbuloq mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganishlar jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” bilan yaqin hamkorlikda aholi o‘rtasida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, nizoli oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularni yarashtirish, ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.

🔹Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, har bir holat yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi, murakkab holatlar esa mas’ul tashkilotlar nazoratiga olindi.

🔹Bu kabi o‘rganishlar aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash hamda jamiyatda barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2