Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
FARG‘ONA TUMAN KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING

 FARG‘ONA TUMAN
KENGASHI QARORI IJROSI YUZASIDAN MONITORING
 

🔹 Farg‘ona tuman Kengashi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev tomonidan Oqbilol mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida o‘rganish ishlari olib borildi. 

🔹 O‘rganish davomida mahalladagi «Shaftolizor»,
«Oqbilol», «Navnixol», «Yorqinlik», «Anorzor», «Munavvartong», «Tabassum», «Muxandis»
ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Tahlillar ushbu ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash va hudud infratuzilmasini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatmoqda. 

🔹 Shu bilan birga, mahalla aholisining birdamligi va faol
ishtiroki obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib
xizmat qilmoqda. 

🔹 Monitoring natijalari deputatlik nazoratining amaliy samarasini
namoyon etib, jamoatchilikni hudud taraqqiyoti yo‘lida yanada faol bo‘lishga undaydi.  

Slide 1 of 10