Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Narx-navo masalasi deputat nazoratida.
янв.21
KO’P QAVATLI UYLAR ATROFINI OBODONLAShTIRISh — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
BOLAJONLAR QUVONChI — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Deputat tomonidan tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati ko’zdan kechirildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat so‘rovi orqali ijobiy yechildi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zXDP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida xonadonbay o’rganish tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
“Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat mahallada uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat A.Karimov “Abdurauf Fitrat” MFYda mahalla raisi, yettilik a’zolari bilan uchrashib, ijtimoiy soha yo‘nalishlariga oid muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida suhbat olib bordi. 

Deputat mahalla raisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-sonli va 2026-yil 29-yanvardagi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-sonli qarorlari ijrosi to‘g‘risida tushuncha berdi.

Suhbat jarayonida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining sessiyasida Mirobod tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlagan qarori haqida ma’lumot berdi.

Suhbat yakunida mahalla raisi tomonidan hududdagi bolalar maydonchalari holati va zamonaviy qurilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayonlaridagi ayrim masalasida deputatdan yordam so‘rab murojaat qildi.

Slide 1 of 7