Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
  1. Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari I. Xusenov o‘rtasida O'z. Res. Prezidentining qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida muhim hujjat imzolandi.Mazkur kelishuvga ko‘ra, tuman aholisi o‘rtasida skrining tekshiruvlarini tizimli o‘tkazish bo‘yicha rejalar tasdiqlandi.
  2.  Mazkur rejaga asosan tumandagi ayollar skrining ko‘riklari, bolalar orasida o‘tkazilayotgan gematoonkologik, gelmintozni aniqlash, ayollar o‘rtasida bachadon bo‘yni saratoni skrining ko‘riklari,i ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratoni skrining ko‘riklari, xotin -qizlarni homiladorlikka moneligi bo‘yicha hamda proflaktik ko‘rik o‘tkazish rejalari tasdiqlandi. 
  3. Ushbu chora-tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda samarali profilaktika ishlarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  4. Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan mazkur reja ijrosi nazoratga olingan.
Slide 1 of 3