Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Deputat joylarda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xoliqova (https://t.me/Qiziriq_tumai_Kengash/2496) “Qorasuv” mahallasida joylashgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

 ⏺Tashrif davomida muassasaning:

moddiy-texnik bazasi 

tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar 

ovqatlanish sifati va oshxona faoliyati 

ta’lim-tarbiya jarayoni 

sanitariya-gigiyena holati va tozaligi atroflicha o‘rganildi.

⏺ Shuningdek, muassasa rahbariyati va xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar, jumladan sanitariya sharoitlarini yanada yaxshilash, bolalar salomatligini mustahkamlash hamda sifatli ta’lim-tarbiya berish masalalari muhokama qilindi.

⏺Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash hamda sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

⏺ Deputatlik nazorati asosida bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3