Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan muhim masala — Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 2025-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi KQ-102-V-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida”gi VII-7-82-8-117-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirilib, Yoshlar maslahat guruhining faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokama etildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6